Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Maskat

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 267-b. — ziyouz.com

    Maskat — Ummon sultonligi poytaxti, Arabiston ya.o.ning şarqiy qismida. Ummon qöltiği sohilidagi dengiz porti (çetga xurmo, mevalar, quritilgan baliq çiqariladi). Aholisi 52 ming kişidan ziyod (1993). Karvon yöllari tuguni. Savdohunarmandçilik markazi. Un-t bor. Me'moriy yodgorliklaridan örta asrlarda qurilgan turar joylar, 16-a.da portugallar qurgan fortlar saqlangan. Şahar yaqinida xalqaro aeroport bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАСКАТ — Уммон султонлиги пойтахти, Арабистон я.о.нинг шарқий қисмида. Уммон қўлтиғи соҳилидаги денгиз порти (четга хурмо, мевалар, қуритилган балиқ чиқарилади). Аҳолиси 52 минг кишидан зиёд (1993). Карвон йўллари тугуни. Савдоҳунармандчилик маркази. Ун-т бор. Меъморий ёдгорликларидан ўрта асрларда қурилган турар жойлар, 16-а.да португаллар қурган фортлар сақланган. Шаҳар яқинида халқаро аэропорт бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.