Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mastçoh

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 274-b. — ziyouz.com

    Mastçoh — Zarafşon daryosining yuqori oqimi. Uz. 200 km, havzasining mayd. 4650 km2. 2775 m balandlikda Zarafşon muzligidan boşlanadi. Turkiston va Zarafşon tizmalari orasidan şarkdan ğarbga tomon oqadi. Yillik suv sarfi 58—108 m3/sek. Iyul-avg.da suvi köpayadi (479 m3/sek. gaça), apr.da kamayadi (11 m3/sek.). Yiliga 4390 ming t har xil toğ jinslari oqib keladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАСТЧОҲ — Зарафшон дарёсининг юқори оқими. Уз. 200 км, ҳавзасининг майд. 4650 км2. 2775 м баландликда Зарафшон музлигидан бошланади. Туркистон ва Зарафшон тизмалари орасидан шаркдан ғарбга томон оқади. Йиллик сув сарфи 58—108 м3/сек. Июль-авг.да суви кўпаяди (479 м3/сек. гача), апр.да камаяди (11 м3/сек.). Йилига 4390 минг т ҳар хил тоғ жинслари оқиб келади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.