Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Matros

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 304-b. — ziyouz.com

    Matros (gollandça — matroos) — harbiy dengiz floti (HDF)dagi 1-(kiçik) harbiy unvon; qurolli kuçlarning boşqa turlaridagi soldat unvonigatögri keladi. SSSRda 1946 y. iyulda qizil flotçi unvoni örniga joriy qilingan. Şuningdek, katta M. unvoni ham bölib, u yefreytor unvoniga töğri keladi. Savdo flotida M. — kema komandasi tarkibidagi xizmatçi. Özbekiston Respublikasi hududidagi Amudaryo flotiliyasida M. unvoni mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАТРОС (голландча — matroos) — ҳарбий денгиз флоти (ҲДФ)даги 1-(кичик) ҳарбий унвон; қуролли кучларнинг бошқа турларидаги солдат унвонигатўгри келади. СССРда 1946 й. июлда қизил флотчи унвони ўрнига жорий қилинган. Шунингдек, катта М. унвони ҳам бўлиб, у ефрейтор унвонига тўғри келади. Савдо флотида М. — кема командаси таркибидаги хизматчи. Ўзбекистон Республикаси ҳудудидаги Амударё флотилиясида М. унвони мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.