Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mavlono

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 4-b. — ziyouz.com

    Mavlono (arab. — bizning janob) — Örta Osiyo, Afğoniston va Pokistonda eng yuqori lavozimdagi amaldorlar, yozuvçi, olim va fozil kişilarni, ustozlarni uluğlab, ularning nomlariga qöşib işlatiladigan söz. M. sözi hurmat ma'nosida şaxs nomlaridan avval aytilgan (mas, Mavlono Alişer Navoiy, Mavlono Jomiy, Mavlono Muqimiy va b.). Örta Osiyoda örta asrlarda qöllanilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАВЛОНО (араб. — бизнинг жаноб) — Ўрта Осиё, Афғонистон ва Покистонда энг юқори лавозимдаги амалдорлар, ёзувчи, олим ва фозил кишиларни, устозларни улуғлаб, уларнинг номларига қўшиб ишлатиладиган сўз. М. сўзи ҳурмат маъносида шахс номларидан аввал айтилган (мас, Мавлоно Алишер Навоий, Мавлоно Жомий, Мавлоно Муқимий ва б.). Ўрта Осиёда ўрта асрларда қўлланилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.