Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Melanj

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 403-b. — ziyouz.com

    Melanj (frans. — melange — qorişma) — toğ jinslari majmui; öta asosli jinslar, asosli lava va tuflar, metomorfik jinslar, yaşma, ohaktoşlarning harsanglaridan iborat. Jinslar tartibsiz, maydalanganlik izlari saqlangan va özaro örin almaşgan holatda yotadi. Tektonik qoplamalarning şakllanişi vaqtida vujudga keladi va Yer pustila yirik gorizontal harakatlar bölganligidan darak beradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕЛАНЖ (франц. — melange — қоришма) — тоғ жинслари мажмуи; ўта асосли жинслар, асосли лава ва туфлар, метоморфик жинслар, яшма, оҳактошларнинг ҳарсангларидан иборат. Жинслар тартибсиз, майдаланганлик излари сақланган ва ўзаро ўрин алмашган ҳолатда ётади. Тектоник қопламаларнинг шаклланиши вақтида вужудга келади ва Ер пустила йирик горизонтал ҳаракатлар бўлганлигидан дарак беради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.