Mentol
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 427-b. — ziyouz.com
Mentol MENTOL, 3-l-mentanol, C10H20O — yalpiz hidli, taxir mazali rangsiz kristall. Mol.m. 156, 26. 4 ta izomeri bor. Spirt, efir, xlorofrom, benzol, skipidar, sirka kislotada yaxşi, suvda yomon eriydi. M. kimyoviy reaksiyaga faol kirişadi. Sanoatda çöl yalpizi moyidan olinadi. Sintetik yöl b-n xam oliş mumkin. Oziq-ovqat sanoatida likyor, konfet i.ç.da, atir-upa, tiş yuviş vositalari tayyorlaşda, farmatsevtikada validol va bormentol olişda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МЕНТОЛ, 3-л-ментанол, С10Н20О — ялпиз ҳидли, тахир мазали рангсиз кристалл. Мол.м. 156, 26. 4 та изомери бор. Спирт, эфир, хлорофром, бензол, скипидар, сирка кислотада яхши, сувда ёмон эрийди. М. кимёвий реакцияга фаол киришади. Саноатда чўл ялпизи мойидан олинади. Синтетик йўл б-н хам олиш мумкин. Озиқ-овқат саноатида ликёр, конфет и.ч.да, атир-упа, тиш ювиш воситалари тайёрлашда, фармацевтикада валидол ва борментол олишда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.