Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mesxeti tizmasi

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 436-b. — ziyouz.com

    Mesxeti tizmasi (Ajariya -Imereti, Ajariya-Axalsixe) — Gruziyaning Kiçik Kavkaz toğ sistemasidagi tizma. Qora dengizning Ajariya sohilidan Kura daryosining Borjomi darasigaça 150 km ga çözilgan. Bal. 2850 m gaça (Mepisskaro). Çökindi jinslardan taşkil topgan. Keng bargli, igna bargli örmonlar, toğ yaylovlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕСХЕТИ ТИЗМАСИ (Ажария -Имерети, Ажария-Ахалцихе) — Грузиянинг Кичик Кавказ тоғ системасидаги тизма. Қора денгизнинг Ажария соҳилидан Кура дарёсининг Боржоми дарасигача 150 км га чўзилган. Бал. 2850 м гача (Меписцкаро). Чўкинди жинслардан ташкил топган. Кенг баргли, игна баргли ўрмонлар, тоғ яйловлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.