Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Metgemoglobin

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 454-b. — ziyouz.com

    Metgemoglobin METGEMOGLOBIN, MtHB (meta... va gemoglobin), gemiglobin, ferrigemoglobin — oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir b-n mustahkam birikib, özidagi kislorodni töqimalarga ajratib çiqara olmaydi. Natijada kislorodga yolçimaslik — gipoksiya holati yuzaga keladi. Soğlom kişi eritrotsitlari tarkibida M. juda oz mikdorda (0,1 — 1%) böladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda M. mikdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqiş, boş oğriği va kökariş (sianoz) alomatlari yuzaga çiqadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕТГЕМОГЛОБИН, MtHB (мета... ва гемоглобин), гемиглобин, ферригемоглобин — оксидланган гемоглобин; бунда кислород гемоглобин таркибидаги темир б-н мустаҳкам бирикиб, ўзидаги кислородни тўқималарга ажратиб чиқара олмайди. Натижада кислородга ёлчимаслик — гипоксия ҳолати юзага келади. Соғлом киши эритроцитлари таркибида М. жуда оз микдорда (0,1 — 1%) бўлади. Организм турли кимёвий моддалар ёки дорилардан заҳарланганда қонда М. микдори ортади (метгемоглобинемия). Бундай ҳолларда тез толиқиш, бош оғриғи ва кўкариш (цианоз) аломатлари юзага чиқади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.