Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mexanoretseptorlar

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 474-b. — ziyouz.com

    Mexanoretseptorlar (yun. mechano — maşina va retseptorlar) — sezuvçi nerv oxirlari; taşqaridan böladigan (tuyğu, oğriq, eşitiş va b.) yoki içki organlarda vujudga keladigan mexanik ta'sirotlarni qabul qiladi. M.ga baroretseptorlar, proprioretseptorlar, tuygu retseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida böladi), vestibuloretseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar içki quloğining vestibulyar apparatipya joylaşgan bölib, tezlaniş, vibratsiya tufayli gavdaning fazodagi vaziyati özgarişini ta'minlaydi).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕХАНОРЕЦЕПТОРЛАР (юн. mechano — машина ва рецепторлар) — сезувчи нерв охирлари; ташқаридан бўладиган (туйғу, оғриқ, эшитиш ва б.) ёки ички органларда вужудга келадиган механик таъсиротларни қабул қилади. М.га барорецепторлар, проприорецепторлар, туйгу рецепторлари (одам ва ҳайвонларнинг тери юзасида бўлади), вестибулорецепторлар киради (улар одам ва ҳайвонлар ички қулоғининг вестибуляр аппаратипя жойлашган бўлиб, тезланиш, вибрация туфайли гавданинг фазодаги вазияти ўзгаришини таъминлайди).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.