Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mingbuloq

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 559-b. — ziyouz.com

    Mingbuloq — Markaziy Farğonadagi köl. Böz massivida. Sirdaryo sohiliga yaqin joylaşgan. Uz. 400 m, eni 100 m. M.ga köp buloq suvlari va sizot suvlar quyiladi. Köl qadimda katta bölib, boşqa köllar b-n tutaşib turgan. Buloq va sizot suvlari Sirdaryoning çap sohilidagi tekislikni quritiş uçun qazilgan zovurlarga oqib ketganidan köl maydoni qisqargan. Köl çekkalari qamişzor va botqoqlik, suvi şör, çuqurligi örta qismida 1,5—2 m. Kölda baliq va turli yovvoyi parrandalar bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МИНГБУЛОҚ — Марказий Фарғонадаги кўл. Бўз массивида. Сирдарё соҳилига яқин жойлашган. Уз. 400 м, эни 100 м. М.га кўп булоқ сувлари ва сизот сувлар қуйилади. Кўл қадимда катта бўлиб, бошқа кўллар б-н туташиб турган. Булоқ ва сизот сувлари Сирдарёнинг чап соҳилидаги текисликни қуритиш учун қазилган зовурларга оқиб кетганидан кўл майдони қисқарган. Кўл чеккалари қамишзор ва ботқоқлик, суви шўр, чуқурлиги ўрта қисмида 1,5—2 м. Кўлда балиқ ва турли ёввойи паррандалар бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.