Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mingbuloq toği

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 560-b. — ziyouz.com

    Mingbuloq toği - Qorjontov tizmasi tarkibi (Toşkent viloyati) dagi toğ. Özbekiston b-n Qozoğiston çegarasida joylaşgan. Bal. 2823 m gaça, Qorjontov tizmasining eng baland joyi hisoblanadi. Toğ kuçli parçalangan. Alp tipidagi relyefga ega. Yuqori paleozoy davrining intruziv va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Jigarrang tuproqlarda siyrak arçazorlar va turli ötli buğdoyiqzorlar tarqalgan. Alpinist va toğ sayyoxdarining balandlikka kötariliş böyiça maşq qiladigan joyi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МИНГБУЛОҚ ТОҒИ - Қоржонтов тизмаси таркиби (Тошкент вилояти) даги тоғ. Ўзбекистон б-н Қозоғистон чегарасида жойлашган. Бал. 2823 м гача, Қоржонтов тизмасининг энг баланд жойи ҳисобланади. Тоғ кучли парчаланган. Альп типидаги рельефга эга. Юқори палеозой даврининг интрузив ва метаморфик жинсларидан тузилган. Жигарранг тупроқларда сийрак арчазорлар ва турли ўтли буғдойиқзорлар тарқалган. Альпинист ва тоғ сайёхдарининг баландликка кўтарилиш бўйича машқ қиладиган жойи.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.