Molibdenli pölat
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 701-b. — ziyouz.com
Molibdenli pölat - tarkibida 0,15—0,55% molibden va 0,1—0,45% uglerod bölgan konstruksion pölat; legirlangan pölatlar jumlasiga kiradi. Molibden pölatning toblaniş va mexanik xossalarini, yoyiluvçanlik xususiyatini yaxşilaydi. M. p. korroziyabardoş, issiqbardoş, yuqori t-ralarda oksidlanmaydi, şu sababli, yuqori t-ralarda işlaydigan detallar tayyorlaşda, mas, qozonsozlik, turbinasozlik, raketasozlik va b. da işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МОЛИБДЕНЛИ ПЎЛАТ - таркибида 0,15—0,55% молибден ва 0,1—0,45% углерод бўлган конструкцион пўлат; легирланган пўлатлар жумласига киради. Молибден пўлатнинг тобланиш ва механик хоссаларини, ёйилувчанлик хусусиятини яхшилайди. М. п. коррозиябардош, иссиқбардош, юқори т-раларда оксидланмайди, шу сабабли, юқори т-раларда ишлайдиган деталлар тайёрлашда, мас, қозонсозлик, турбинасозлик, ракетасозлик ва б. да ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.