Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Monako

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 713–714-b. — ziyouz.com

    Monako — Monako poytaxti. Örta dengiz böyidagi Dengiz böyi Alp toğlarining turtib çiqqan qoyali qismida joylaşgan. Aholisi 2 ming kişi çamasida. Örta dengiz böyidagi port. M. — yirik okeanografiya markazi: i.t. in-ti, muzey, akvarium; Xalqaro gidrografiya byurosi işlab turibdi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bogi, muzeylar, kutubxona bor. Me'moriy yodgorliklardan saroy (16— 19-a.lar), sobor va b. saqlangan. Turizm rivojlangan, kurort şahar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МОНАКО — Монако пойтахти. Ўрта денгиз бўйидаги Денгиз бўйи Альп тоғларининг туртиб чиққан қояли қисмида жойлашган. Аҳолиси 2 минг киши чамасида. Ўрта денгиз бўйидаги порт. М. — йирик океанография маркази: и.т. ин-ти, музей, аквариум; Халқаро гидрография бюроси ишлаб турибди. Электротехника, радиоэлектроника, кимё, фармацевтика, озиқ-овқат саноати корхоналари мавжуд. Ботаника боги, музейлар, кутубхона бор. Меъморий ёдгорликлардан сарой (16— 19-а.лар), собор ва б. сақланган. Туризм ривожланган, курорт шаҳар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.