Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Monoklinal

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 727-b. — ziyouz.com

    Monoklinal (mono... va yun. klino — engaşaman) — toğ jinslari qatlamlarining bir tomonga bir tartibda qiyalanib yotişi. Odatda, birorta keng va kiya yotgan kötarilma yoki qatlamlar bukilmasidan iborat böladi. M., ayniqsa, antekliza va sinekliza qanotlariga mansub bölib, platformalar uçun xarakterli. Katta antiklinal yoki sinklinal bukilmalarning bir yon qanoti ham M. deb ataladi. Bunga Boltiq kristalli qalqoni jan. yon bağridagi paleozoy qatlamlari hosil qilgan struktura misol böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МОНОКЛИНАЛЬ (моно... ва юн. klino — энгашаман) — тоғ жинслари қатламларининг бир томонга бир тартибда қияланиб ётиши. Одатда, бирорта кенг ва кия ётган кўтарилма ёки қатламлар букилмасидан иборат бўлади. М., айниқса, антеклиза ва синеклиза қанотларига мансуб бўлиб, платформалар учун характерли. Катта антиклиналь ёки синклиналь букилмаларнинг бир ён қаноти ҳам М. деб аталади. Бунга Болтиқ кристалли қалқони жан. ён бағридаги палеозой қатламлари ҳосил қилган структура мисол бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.