Morfin
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 750-b. — ziyouz.com
Morfin — afyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yöl b-n ajratib olinadi. Oğriq qoldiruvçi kuçli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda M.ning gidroxlorid tuzi işlatiladi. M., asosan, markaziy nerv sistemasiga ta'sir etadi: oğriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yötal va qusiş markazlarini susaytiradi, adaşgan hamda közni harakatlantiruvçi nervlar markazini qözğatadi. Uni bir neça bor qabul qilinganda kişi örganib qolişi (morfinizm) mumkin.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МОРФИН — афюн (опий)нинг асосий алкалоиди. Афюндан кимёвий йўл б-н ажратиб олинади. Оғриқ қолдирувчи кучли наркотик моддалар туркумига киради. Тиббиётда М.нинг гидрохлорид тузи ишлатилади. М., асосан, марказий нерв системасига таъсир этади: оғриқ сезгисини камайтиради, нафас, йўтал ва қусиш марказларини сусайтиради, адашган ҳамда кўзни ҳаракатлантирувчи нервлар марказини қўзғатади. Уни бир неча бор қабул қилинганда киши ўрганиб қолиши (морфинизм) мумкин.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.