Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Muğlon

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 906-b. — ziyouz.com

    Muğlon — Qaşqadaryo viloyati Kayebi tumanidagi qişloq. Tuman markazi. Yaqin t.y. stansiyasi — Koson (20 km). M.dan viloyat markazi (Qarşi ş.)gaça 50 km. Aholisi 7 ming kişi (2003). Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi. Ma'muriy idoralar, aloqa bölimi, avtostansiya, Özbekiston—Turkiya qöşma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy ta'lim maktabi, litsey-internat, madaniyat saroyi, stadion, markaziy kasalxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari bor. M.— Qarşi, M.—Koson yönalişlarida avtobus qatnovi yölga qöyilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУҒЛОН — Қашқадарё вилояти Каеби туманидаги қишлоқ. Туман маркази. Яқин т.й. станцияси — Косон (20 км). М.дан вилоят маркази (Қарши ш.)гача 50 км. Аҳолиси 7 минг киши (2003). Обиҳаёт ва Касби каналларидан сув олади. Маъмурий идоралар, алоқа бўлими, автостанция, Ўзбекистон—Туркия қўшма корхонаси, деҳқон бозори, 2 умумий таълим мактаби, лицей-интернат, маданият саройи, стадион, марказий касалхона, дорихона ва б. тиббий муассасалар, маданий, савдо ва маиший хизмат кўрсатиш шохобчалари бор. М.— Қарши, М.—Косон йўналишларида автобус қатнови йўлга қўйилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.