Muhammad Darviş Samarqandiy
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 919-b. — ziyouz.com
Muhammad Darviş Samarqandiy (16-a. oxiri — 17-a. boşi) — musavvir va xattot. Asarlarida Örta Osiyo miniatyura maktabiga xos xususiyatlar öz ifodasini topgan. Uning «Dostoni zebu zevar» qölyozmasiga işlagan tört rasmi (1618, Britaniya muzeyida), Sa'diyning «Böston» asari qölyozmasiga işlagan miniatyuralari (1570, Dublindagi Çester Bitti kutubxonasida) va yozgan qit'asi (Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) bizgaça yetib kelgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МУҲАММАД ДАРВИШ САМАРҚАНДИЙ (16-а. охири — 17-а. боши) — мусаввир ва хаттот. Асарларида Ўрта Осиё миниатюра мактабига хос хусусиятлар ўз ифодасини топган. Унинг «Достони зебу зевар» қўлёзмасига ишлаган тўрт расми (1618, Британия музейида), Саъдийнинг «Бўстон» асари қўлёзмасига ишлаган миниатюралари (1570, Дублиндаги Честер Битти кутубхонасида) ва ёзган қитъаси (Теҳрондаги Салтанат кутубхонасида) бизгача етиб келган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.