Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Muhammadvali Asqarov

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 738-b. — ziyouz.com

    Asqarov Muhammadvali ASQAROV Muhammadvali, Vali qori (1909 — Toşkent — 1949) — öymakor usta, duradgor. Öymakorlik san'atini otasi Asqar hoji va amakisi Sulaymon Xöjayevdan örgangan. A. bağdodi öymakori eşiklar, kursi va b. badiiy buyumlar tayyorlagan, ayniqsa, pargari öyma naqşni mohirlik b-n bajargan. A. tayyorlagan (1940, S. Xöjayev b-n birgalikda) sakkiz qirrali xontaxta Özbekiston davlat san'at muzeyida saqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АСҚАРОВ Муҳаммадвали, Вали қори (1909 — Тошкент — 1949) — ўймакор уста, дурадгор. Ўймакорлик санъатини отаси Асқар ҳожи ва амакиси Сулаймон Хўжаевдан ўрганган. А. бағдоди ўймакори эшиклар, курси ва б. бадиий буюмлар тайёрлаган, айниқса, паргари ўйма нақшни моҳирлик б-н бажарган. А. тайёрлаган (1940, С. Хўжаев б-н биргаликда) саккиз қиррали хонтахта Ўзбекистон давлат санъат музейида сақланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.