Muhandislik psixologiyasi
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 940-b. — ziyouz.com
Muhandislik psixologiyasi — psixologiya sohasi; inson b-n maşina (texnika) örtasidagi munosabatni, insonga maşinaning psixologik ta'sirini, insonning texnika b-n munosabat jarayoni psixologik qonuniyatlarini örganadi. M.p. fantexnika taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. U quyidagi muammolarni tekşiradi: insonning boşk,-aruv tizimlaridagi, avtomatik qurilmalar, xususan, EHM b-n munosabatdagi vazifalari; EHM operatorlarining faoliyatida muloqot jarayoni va ularning özaro ta'siri; operator faoliyatining psixologik tuzilişi; operator işining sifati, tezligi, samaradorligiga ta'sir qiluvçi omillarni tahlil qiliş; operatorlar uçun psixodiagnostika va kasbga yöllaş metodlarini işlab çiqiş va h.k.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛОГИЯСИ — психология соҳаси; инсон б-н машина (техника) ўртасидаги муносабатни, инсонга машинанинг психологик таъсирини, инсоннинг техника б-н муносабат жараёни психологик қонуниятларини ўрганади. М.п. фантехника тараққиёти натижасида вужудга келган. У қуйидаги муаммоларни текширади: инсоннинг бошк,-арув тизимларидаги, автоматик қурилмалар, хусусан, ЭҲМ б-н муносабатдаги вазифалари; ЭҲМ операторларининг фаолиятида мулоқот жараёни ва уларнинг ўзаро таъсири; оператор фаолиятининг психологик тузилиши; оператор ишининг сифати, тезлиги, самарадорлигига таъсир қилувчи омилларни таҳлил қилиш; операторлар учун психодиагностика ва касбга йўллаш методларини ишлаб чиқиш ва ҳ.к.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.