Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mulyaj

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 809-b. — ziyouz.com

    Mulyaj (frans. mouler sözidan — qoliplamoq, quymoq) — birorbir obyektdan gips, mum, papyemaşeda olingan nusxa; odatda böyalgan, asosan, körgazmali qurol vazifasida xizmat qiladi (tabiiy yoki patologik özgartirilgan tana a'zolari, tana bölagi, sabzavotlar, baliklar va b.). M. naturadan olingan qolipda quyiladi yoki ölçovlar asosida köldatayyorlanadi. Haykaltaroşlikda ba'zan murdaning yuzidan (niqob), maşhur kompozitorning kulidan olingan, öquv maqsadlarida mumtoz asarlardan turkumli takrorlab qilingan nusxa ham M. deb ataladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУЛЯЖ (франц. mouler сўзидан — қолипламоқ, қуймоқ) — бирорбир объектдан гипс, мум, папьемашеда олинган нусха; одатда бўялган, асосан, кўргазмали қурол вазифасида хизмат қилади (табиий ёки патологик ўзгартирилган тана аъзолари, тана бўлаги, сабзавотлар, баликлар ва б.). М. натурадан олинган қолипда қуйилади ёки ўлчовлар асосида кўлдатайёрланади. Ҳайкалтарошликда баъзан мурданинг юзидан (ниқоб), машҳур композиторнинг кулидан олинган, ўқув мақсадларида мумтоз асарлардан туркумли такрорлаб қилинган нусха ҳам М. деб аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.