Murtak xaltaçasi
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 834-b. — ziyouz.com
Murtak xaltaçasi MURTAK XALTAÇASI, murtak qopçasi (Saccus emryonalis) — nutsellusdagi hujayralardan (arxeosporalardan) biri. Ikki marta bölinib, xromosomalar soni reduksiyalanadi. Yangi hosil bölgan törtta hujayradan bittasi tez ösib, kattalaşadi va qolgan uçtasini hamda nutsellusning ançagina qismini siqib çiqara boşlaydi. Ana şu kattalaşgan hujayra megaspora (makrospora) bölib, murtak xaltaçasi deb ataladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МУРТАК ХАЛТАЧАСИ, муртак қопчаси (Saccus emryonalis) — нуцеллусдаги ҳужайралардан (археоспоралардан) бири. Икки марта бўлиниб, хромосомалар сони редукцияланади. Янги ҳосил бўлган тўртта ҳужайрадан биттаси тез ўсиб, катталашади ва қолган учтасини ҳамда нуцеллуснинг анчагина қисмини сиқиб чиқара бошлайди. Ана шу катталашган ҳужайра мегаспора (макроспора) бўлиб, муртак халтачаси деб аталади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.