Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Muşuköt

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 891–892-b. — ziyouz.com

    Muşuköt MUŞUKÖT, sassiqmatal (Adonis parvifl ora) — ayiqtovondoşlar oilasiga mansub bir yillik öt. Böyi 50—60 sm. Bargi patsimon, tub barglari qisqa bandli, poyadagilari bandsiz. Guli mayda, qizğiş. Mevasi şoxlarining uçida.

    Özbekistonda toğ etaklarida va adirlarida, ekinlar orasida, taşlandiq yerlarda va yöl yoqalarida usadi. Aprelda gullaydi, iyunda mevalaydi. Poya va barglarida saponin, glikozidlar bor. Bu moddalardan tibbiyotda turli kasalliklarni davolaşda foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУШУКЎТ, сассиқматал (Adonis parvifl ora) — айиқтовондошлар оиласига мансуб бир йиллик ўт. Бўйи 50—60 см. Барги патсимон, туб барглари қисқа бандли, поядагилари бандсиз. Гули майда, қизғиш. Меваси шохларининг учида.

    Ўзбекистонда тоғ этакларида ва адирларида, экинлар орасида, ташландиқ ерларда ва йўл ёқаларида усади. Апрелда гуллайди, июнда мевалайди. Поя ва баргларида сапонин, гликозидлар бор. Бу моддалардан тиббиётда турли касалликларни даволашда фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.