Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Musson oqimlari

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 863-b. — ziyouz.com

    Musson oqimlari - musson şamollari ta'sirida okeanlar va dengizlar yuzasida vujudga keladigan oqimlar; 100 m çuqurlikkaça yetadi. Hind okeanining şim. qismidagi oqim, Arabiston dengizi va Bengaliya qöltiğidagi oqimlar, qisman, Somali oqimi (Afrikaning şim.-şarqiy qirğoklarida) eng kuçli M.o. hisoblanadi. M.o. ham musson şamollariga öxşab qişda Osiyodan Afrika va Avstraliya tomonga, yozda esa qarama-qarşi tomonga yönaladi. M.o.ning tezligi soatiga 1—2 km, suv t-rasi 25°, 28° böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУССОН ОҚИМЛАРИ - муссон шамоллари таъсирида океанлар ва денгизлар юзасида вужудга келадиган оқимлар; 100 м чуқурликкача етади. Ҳинд океанининг шим. қисмидаги оқим, Арабистон денгизи ва Бенгалия қўлтиғидаги оқимлар, қисман, Сомали оқими (Африканинг шим.-шарқий қирғокларида) энг кучли М.о. ҳисобланади. М.о. ҳам муссон шамолларига ўхшаб қишда Осиёдан Африка ва Австралия томонга, ёзда эса қарама-қарши томонга йўналади. М.о.нинг тезлиги соатига 1—2 км, сув т-раси 25°, 28° бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.