Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mustaqillik deklaratsiyasi

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 869-b. — ziyouz.com

    Mustaqillik deklaratsiyasi (1776 y. 4 iyul) — Şim. Amerikadagi mustaqillik uçun uruş davrida (1775—83) ingliz mustamlakalari vakillarining 2-Kontinental kongressi qabul qilgan. M.d. T. Jeffersonning respublika va demokratiya ruhi b-n tuzilgan loyihasiga asoslangan. M.d. mustamlakalarning metropoliyadan ajralganligini va yangi mustaqil davlat — Amerika Qöşma Ştatlari barpo etilganligini, şuningdek, xalq erkinligini, barça kişilarning qonun oldida tengligini e'lon qildi. M.d. katta tarixiy axamiyatga ega bölgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУСТАҚИЛЛИК ДЕКЛАРАЦИЯСИ (1776 й. 4 июль) — Шим. Америкадаги мустақиллик учун уруш даврида (1775—83) инглиз мустамлакалари вакилларининг 2-Континентал конгресси қабул қилган. М.д. Т. Жефферсоннинг республика ва демократия руҳи б-н тузилган лойиҳасига асосланган. М.д. мустамлакаларнинг метрополиядан ажралганлигини ва янги мустақил давлат — Америка Қўшма Штатлари барпо этилганлигини, шунингдек, халқ эркинлигини, барча кишиларнинг қонун олдида тенглигини эълон қилди. М.д. катта тарихий ахамиятга эга бўлган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.