Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mutsinlar

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 885-b. — ziyouz.com

    Mutsinlar (lot. mucus — şilliq) — glikoproteidlarga mansub uglevodoqsilli birikma, şilimşiqning asosiy tarkibiy qismi, şilliq modda. Odam va hayvonlarning nafas, ovqat hazm qiliş, siydiktanosil yöllari şilliq qavatlaridagi, şuningdek, jağ osti, til osti sölak bezlaridagi epitelial hujayralaridan ajraladi. Çöziluvçan massa, proteolitik fermentlar ta'siriga çidamli. M. oğiz böşliği va me'da-içak yöli şilliq qavatini turli mexanik va kimyoviy ta'sirlardan sakdaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУЦИНЛАР (лот. mucus — шиллиқ) — гликопротеидларга мансуб углеводоқсилли бирикма, шилимшиқнинг асосий таркибий қисми, шиллиқ модда. Одам ва ҳайвонларнинг нафас, овқат ҳазм қилиш, сийдиктаносил йўллари шиллиқ қаватларидаги, шунингдек, жағ ости, тил ости сўлак безларидаги эпителиал ҳужайраларидан ажралади. Чўзилувчан масса, протеолитик ферментлар таъсирига чидамли. М. оғиз бўшлиғи ва меъда-ичак йўли шиллиқ қаватини турли механик ва кимёвий таъсирлардан сакдайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.