Muzbel dovoni
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 790-b. — ziyouz.com
Muzbel dovoni - Çatqol tizma toğlari (Toşkent viloyati)dagi dovon. Bal. 3060 m. Ohangaron vodiysidagi Yangiobod ş.dan çiqqan yölovçilar Dukantsoy, Alatanga, Muzbel soylarining vodiylaridan M.d.ga, undan Muzbel tizmasi suvayirğiçi orqali Teraklisoy, Oqbuloqsoy, Çatqoldaryosi vodiylariga, söngra Burçmulla qişloğiga ötişlari mumkin. Dovondan iyun-sent. oylarida foydalaniş xavfsiz.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МУЗБЕЛ ДОВОНИ - Чатқол тизма тоғлари (Тошкент вилояти)даги довон. Бал. 3060 м. Оҳангарон водийсидаги Янгиобод ш.дан чиққан йўловчилар Дукантсой, Алатанга, Музбел сойларининг водийларидан М.д.га, ундан Музбел тизмаси сувайирғичи орқали Тераклисой, Оқбулоқсой, Чатқолдарёси водийларига, сўнгра Бурчмулла қишлоғига ўтишлари мумкин. Довондан июнь-сент. ойларида фойдаланиш хавфсиз.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.