Muzköl tizmasi
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 793-b. — ziyouz.com
Muzköl tizmasi - Şarqiy Pomir (Tojikiston)dagi tizma. Murğob daryosidan şim.da. Asosan kenglik böylab çözilgan, şim.ga yoysimon bukilgan. Uz. 110 km. Eng baland joyi 6233 m. Aksari metamorfik slanets, ohaktoş va qumtoşlardan tarkib topgan. Baland joylari toğ-muzlik relyefiga ega; muzliklar bor. Tik yon bağirlarida qoya va qurum toşlar, etaklarida baland toğ siyrak çöl ösimliklari uçraydi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МУЗКЎЛ ТИЗМАСИ - Шарқий Помир (Тожикистон)даги тизма. Мурғоб дарёсидан шим.да. Асосан кенглик бўйлаб чўзилган, шим.га ёйсимон букилган. Уз. 110 км. Энг баланд жойи 6233 м. Аксари метаморфик сланец, оҳактош ва қумтошлардан таркиб топган. Баланд жойлари тоғ-музлик рельефига эга; музликлар бор. Тик ён бағирларида қоя ва қурум тошлар, этакларида баланд тоғ сийрак чўл ўсимликлари учрайди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.