Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Naftandoz

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 114-b. — ziyouz.com

    Naftandoz (arab. — naft, neft, fors. — andoz, otmoq) — neftni yondirib otiş quroli. Örta Osiyo xududidagi köplab şahar xarobalaridan arxeologik konussimon idişlar (simob közaça) topişgan. Ularning aksariyati naqş, bezaksiz. V.L.Vyatkin Afrosiyob şahar xarobasidan ustiga «fath» — ğalaba deb yozilgan şunday idiş topgan. Örta asrlardagi qöşinlar tar-kibida maxsus N.lar qismi mavjud bölgan. Tarixiy manbalarda N. istilohi 16-a.dan söng uçramaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НАФТАНДОЗ (араб. — нафт, нефть, форс. — андоз, отмоқ) — нефтни ёндириб отиш қуроли. Ўрта Осиё худудидаги кўплаб шаҳар харобаларидан археологик конуссимон идишлар (симоб кўзача) топишган. Уларнинг аксарияти нақш, безаксиз. В.Л.Вяткин Афросиёб шаҳар харобасидан устига «фатҳ» — ғалаба деб ёзилган шундай идиш топган. Ўрта асрлардаги қўшинлар тар-кибида махсус Н.лар қисми мавжуд бўлган. Тарихий манбаларда Н. истилоҳи 16-а.дан сўнг учрамайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.