Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nançan

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 70-b. — ziyouz.com

    Nançan — Xitoyning şarqiy qismidagi şahar, Ganszyan daryosi buyida. Szyansi provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 4,1 mln. kişi (1998). Poyanxu köli sistemasidagi suv yöllari tuguni. Yirik q.x. rayonining markazi. Asosiy sanoat tarmoği — töqimaçilik (xususan, ip gazlama sanoati). Stanoklar, avtomobil va q.x. maşinalari i.ç. korxonalari, sellyuloza-qoğoz, farfor-keramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НАНЬЧАН — Хитойнинг шарқий қисмидаги шаҳар, Ганьцзян дарёси буйида. Цзянси провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 4,1 млн. киши (1998). Поянху кўли системасидаги сув йўллари тугуни. Йирик қ.х. районининг маркази. Асосий саноат тармоғи — тўқимачилик (хусусан, ип газлама саноати). Станоклар, автомобиль ва қ.х. машиналари и.ч. корхоналари, целлюлоза-қоғоз, фарфор-керамика, озиқ-овқат саноати корхоналари, ун-т бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.