Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nara

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 72-b. — ziyouz.com

    Nara — Yaponiyadagi şahar, Xonsyu o.ning jan.da. Nara prefekturasining ma'muriy markazi. Aholisi 366,1 ming kişi (2000). Şahar-muzey, xalqaro ahamiyatdagi turizm markazi. Stanoksozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat, yeğoçsozlik, trikotaj sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar, yoğoç öyinçoklar işlab çiqariladi. Un-t, badiiy, milliy muzeylar bor. N. — Yaponiyaning qad. şaharlaridan. Mamlakatning 710—784 y.lardagi birinçi poytaxti. Me'moriy yodgorliklardan (7—8-a.larga oid) yoğoçdan qurilgan monastir majmualari, ibodatxonalar va b. saqlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    HAPA — Япониядаги шаҳар, Хонсю о.нинг жан.да. Нара префектурасининг маъмурий маркази. Аҳолиси 366,1 минг киши (2000). Шаҳар-музей, халқаро аҳамиятдаги туризм маркази. Станоксозлик, электротехника, озиқ-овқат, еғочсозлик, трикотаж саноати корхоналари мавжуд. Бадиий буюмлар, ёғоч ўйинчоклар ишлаб чиқарилади. Ун-т, бадиий, миллий музейлар бор. Н. — Япониянинг қад. шаҳарларидан. Мамлакатнинг 710—784 й.лардаги биринчи пойтахти. Меъморий ёдгорликлардан (7—8-а.ларга оид) ёғочдан қурилган монастир мажмуалари, ибодатхоналар ва б. сақланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.