Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Narayan Aptexari

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 583-b. — ziyouz.com

    Aptexari Narayan (1864.8.3, Berar — 1919.3.3, Puna) — hind yozuvçisi, ma'rifatparvar. Maratxa tilida yozgan, şu tildagi adabiyotda tanqidiy realizmga asos solgan. Turkum romanlari — «Hozirgi zamon tarixlari» (1890 — 95), tarixiy roman «Maysur yulbarsi» (1890 - 91), «Çandragupta» (1902 — 04) dagi (jami 21 ta roman yozgan) ilğor ziyolilar obrazlarida öz orzu-umidlarini umumlaştirgan; ötmişdoşlarning qahramonliklarini zamondoşlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalaş b-n boğlagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АПТЕХАРИ Нараян (1864.8.3, Берар — 1919.3.3, Пуна) — ҳинд ёзувчиси, маърифатпарвар. Маратха тилида ёзган, шу тилдаги адабиётда танқидий реализмга асос солган. Туркум романлари — «Ҳозирги замон тарихлари» (1890 — 95), тарихий роман «Майсур йулбарси» (1890 - 91), «Чандрагупта» (1902 — 04) даги (жами 21 та роман ёзган) илғор зиёлилар образларида ўз орзу-умидларини умумлаштирган; ўтмишдошларнинг қаҳрамонликларини замондошларни ватанпарварлик, миллий ифтихор руҳида тарбиялаш б-н боғлаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.