Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Natriy xlorid

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 102–103-b. — ziyouz.com

    Natriy xlorid NATRIY XLORID, oş tuzi, NaCl — xlorid kislotaning natriyli tuzi. Kub panjarali kristallardan iborat rangsiz modda. Suyuklaniş t-rasi 801°, qaynaş t-rasi 1413°, ziçligi 2,161 g/sm3. Suvda yaxşi eriydi. NaOH, HC1, MgCl2, SaS12 va b. iştirokida N.x.ning suvda eruvçanligi juda kamayadi. Toza N.x.ning gigroskopikligi oz, ammo aralaşmalar (Mas, magniy tuzlari) iştirokida uning gifoskopikligi juda ortadi. Tabiatda galit (toş tuz) holida, dengiz va şör köl suvlari tarkibida böladi. Oziq-ovqat va b. sanoat sohalarida, q.x.da, rözğorda köplab işlatiladi. Undan öyuvçi natriy, xlor, soda, natriy sulfat olişda foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НАТРИЙ ХЛОРИД, ош тузи, NaCl — хлорид кислотанинг натрийли тузи. Куб панжарали кристаллардан иборат рангсиз модда. Суюкланиш т-раси 801°, қайнаш т-раси 1413°, зичлиги 2,161 г/см3. Сувда яхши эрийди. NaOH, HC1, MgCl2, СаС12 ва б. иштирокида Н.х.нинг сувда эрувчанлиги жуда камаяди. Тоза Н.х.нинг гигроскопиклиги оз, аммо аралашмалар (Мас, магний тузлари) иштирокида унинг гифоскопиклиги жуда ортади. Табиатда галит (тош туз) ҳолида, денгиз ва шўр кўл сувлари таркибида бўлади. Озиқ-овқат ва б. саноат соҳаларида, қ.х.да, рўзғорда кўплаб ишлатилади. Ундан ўювчи натрий, хлор, сода, натрий сульфат олишда фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.