Nazalizatsiya
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 33-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 80%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Nazalizatsiya — (frans. nasalisation lot. nasus — burun), burunlaniş — nutq tovuşlari (asosan unlilar)ning yumşoq tanglay pasayişi va öpkadan çiqayotgan havo oqimining ayni bir paytda ham oğiz, ham burundan çiqişidan iborat artikulyatsiyasi. Oğiz va burun rezonatorlarining ayni bir paytda qözğalişi natijasida tovuş alohida tembrga ega böladi. N. fonemalarning farqlanuvçi belgisi böla olişi mumkin; fonemalar N.si, boşqaça aytganda, burunlangan fonemalar köproq fransuz, polyak, portugal, hind tillarida uçraydi. Mac, a —a, e —a va b.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
НАЗАЛИЗАЦИЯ — (франц. nasalisation лот. nasus — бурун), бурунланиш — нутқ товушлари (асосан унлилар)нинг юмшоқ танглай пасайиши ва ўпкадан чиқаётган ҳаво оқимининг айни бир пайтда ҳам оғиз, ҳам бурундан чиқишидан иборат артикуляцияси. Оғиз ва бурун резонаторларининг айни бир пайтда қўзғалиши натижасида товуш алоҳида тембрга эга бўлади. Н. фонемаларнинг фарқланувчи белгиси бўла олиши мумкин; фонемалар Н.си, бошқача айтганда, бурунланган фонемалар кўпроқ француз, поляк, португал, ҳинд тилларида учрайди. Mac, a —a, e —а ва б.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.