Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nefroskleroz

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 182-b. — ziyouz.com

    Nefroskleroz (yun. nephnos — buyrak, sklerosis — ziçlaşiş) — buyrakni biriktiruvçi töqima qoplab ketişi natijasida uning qattikdaşişi va «burişib» qolişi. Gipertoniya, piyelonefrit, buyrak sili, glomerulonefrit, buyrak-toş kasalligi (nefrolitiaz) va b.da kuzatiladi. N.da, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (arte-riolalari) şikastlanadi, ular burişib qolib parçalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud böladi. Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab dori-darmonlar buyuriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НЕФРОСКЛЕРОЗ (юн. nephnos — буйрак, sklerosis — зичлашиш) — буйракни бириктирувчи тўқима қоплаб кетиши натижасида унинг қаттикдашиши ва «буришиб» қолиши. Гипертония, пиелонефрит, буйрак сили, гломерулонефрит, буйрак-тош касаллиги (нефролитиаз) ва б.да кузатилади. Н.да, асосан, буйракнинг майда артериялари (арте-риолалари) шикастланади, улар буришиб қолиб парчаланади, натижада буйрак эпителийси нобуд бўлади. Асосан, тузсиз парҳез ва касаллик аломатларига қараб дори-дармонлар буюрилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.