Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Negroid irq

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com

    Negroid irq — Katta ekvatorial (negr-avstraloid) irqqa kiradi. Tanasining qoraligi, jingalak soçligi, burnining kengligi, lablarining qalinligi, prognatizm (jağ suyaklarining oldinga turtib çiqişi) xosdir. Afrikada, Sahroi Kabirning jan.da tarqalgan. «N.i.» termini ba'zan ekvatorial irqining sinonimi sifatida qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НЕГРОИД ИРҚ — Катта экваториал (негр-австралоид) ирққа киради. Танасининг қоралиги, жингалак сочлиги, бурнининг кенглиги, лабларининг қалинлиги, прогнатизм (жағ суякларининг олдинга туртиб чиқиши) хосдир. Африкада, Саҳрои Кабирнинг жан.да тарқалган. «Н.и.» термини баъзан экваториал ирқининг синоними сифатида қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.