Niobiy qotişmalari
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 242-b. — ziyouz.com
Niobiy qotişmalari - niobiy b-n boşqa elementlarni aralaştirib olinadigan, yuqori (1000° dan yuqori) t-raga çidamli materiallar. Vanadiy, sirkoniy, volfram, molibden va grafit b-n legirlab tayyorlangan N. q. eng si-fatli hisoblanadi (q. Legirlaş). Mac, VN-3 markali qotişma tarkibi: molibden (Mo) — 4,0 — 5,2 %, sirkoniy (Zr) — 0,8 — 2,0%, uglerod (S) — 0,08 — 0,16% va qolgani niobiy. N. q. vakuum-yoyli, elektron-nurli va plazma peçlarda olinadi. N.q. bosim ostida yaxşi işlanadi, payvandlanadi; ulardan pokovkalar, listlar, quvurlar tayyorlanadi. N. q. motorsozlik, samolyotsozlik va raketasozlikda konstruksion material sifatida işlatiladi.
Q.: Legirlaş
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
НИОБИЙ ҚОТИШМАЛАРИ - ниобий б-н бошқа элементларни аралаштириб олинадиган, юқори (1000° дан юқори) т-рага чидамли материаллар. Ванадий, цирконий, вольфрам, молибден ва графит б-н легирлаб тайёрланган Н. қ. энг си-фатли ҳисобланади (қ. Легирлаш). Mac, ВН-3 маркали қотишма таркиби: молибден (Мо) — 4,0 — 5,2 %, цирконий (Zr) — 0,8 — 2,0%, углерод (С) — 0,08 — 0,16% ва қолгани ниобий. Н. қ. вакуум-ёйли, электрон-нурли ва плазма печларда олинади. Н.қ. босим остида яхши ишланади, пайвандланади; улардан поковкалар, листлар, қувурлар тайёрланади. Н. қ. моторсозлик, самолётсозлик ва ракетасозликда конструкцион материал сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.