Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Norbert Viner

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 174-b. — ziyouz.com

    Viner Norbert Norbert (1894.26.11, Kolumbiya, Missuri — 1964.19.3, Stokgolm) — amerikalik matematik, kibernetika asosçisi. Dastlabki ilmiy işlari mat. asoslari, nazariy fizika (kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblaş maşinalarini işlab çiqiş va uni ballistik hisoblar uçun tatbiq qilişda qatnaşdi. V. jonli va jonsiz sistemalarni boşqarişga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi ğoyani ilgari surdi. Şu tariqa fanning yangi bir sohasi kibernetika deb atala boşladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИНЕР (Winer) Норберт (1894.26.11, Колумбия, Миссури — 1964.19.3, Стокгольм) — америкалик математик, кибернетика асосчиси. Дастлабки илмий ишлари мат. асослари, назарий физика (квант назарияси ва нисбийлик назарияси) математик анализ ва эҳтимоллар назариясига оид. Электрон ҳисоблаш машиналарини ишлаб чиқиш ва уни баллистик ҳисоблар учун татбиқ қилишда қатнашди. В. жонли ва жонсиз системаларни бошқаришга оид асосий тамоийлларнинг умумийлиги ҳақидаги ғояни илгари сурди. Шу тариқа фаннинг янги бир соҳаси кибернетика деб атала бошлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.