Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Norfolk

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 305–306-b. — ziyouz.com

    Norfolk — AQŞning şim.-şarkiy qismidagi şahar. Atlantika okeani sohilida, Virginiya ştatida. Aholisi 234,4 ming kişi (2000). Xempton-Rode qöltiği sohilidagi port. Kemasozlik (jumladan, harbiy kemalar), neftni kayta işlaş, tayyor qismlardan avtomobil yigiş, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral öğitlar işlab çiqariladi. Harbiy dengiz bazasi. Şaharga 1688 y.da asos solingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НОРФОЛК — АҚШнинг шим.-шаркий қисмидаги шаҳар. Атлантика океани соҳилида, Виргиния штатида. Аҳолиси 234,4 минг киши (2000). Хэмптон-Роде қўлтиғи соҳилидаги порт. Кемасозлик (жумладан, ҳарбий кемалар), нефтни кайта ишлаш, тайёр қисмлардан автомобиль йигиш, кимё, озиқ-овқат саноати корхоналари бор. Минерал ўғитлар ишлаб чиқарилади. Ҳарбий денгиз базаси. Шаҳарга 1688 й.да асос солинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.