Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Normandiya-Neman»

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 302-b. — ziyouz.com

    «Normandiya-Neman» - Ikkinçi jahon uruşi davrida Fransiyani faşistlar okkupatsiyasidan xalos qiliş harakati — «Kuraşayotgan Fransiya» qiruvçi aviatsiyasi polkining nomi. 1943—45 y.larda sovet-german frontida harakat qilgan. Polk uçuvçilari nemislarning 280 ga yaqin samolyotini yöq qilib, 80 tasini şikastlaganlar. 1944 noyab.da Litvani ozod qilişdagi janglarda va Neman daryosini keçib ötişda örnak körsatganliklari uçun polk-ka «Neman» faxriy nomi berilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «НОРМАНДИЯ-НЕМАН» - Иккинчи жаҳон уруши даврида Францияни фашистлар оккупациясидан халос қилиш ҳаракати — «Курашаётган Франция» қирувчи авиацияси полкининг номи. 1943—45 й.ларда совет-герман фронтида ҳаракат қилган. Полк учувчилари немисларнинг 280 га яқин самолётини йўқ қилиб, 80 тасини шикастлаганлар. 1944 нояб.да Литвани озод қилишдаги жангларда ва Неман дарёсини кечиб ўтишда ўрнак кўрсатганликлари учун полк-ка «Неман» фахрий номи берилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.