Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nozib Gayazoviç Jiganov

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 129–130-b. — ziyouz.com

    Jiganov Nozib Gayazoviç [1911.2(15).1, Uralsk — 1988, Qozon] — tatar kompozitori, pedagog, jamoat arbobi, milliy kompozitorlik maktabi asosçilaridan. Xalq artisti (1957), Tatariston (1939)da, Rossiya (1940) da, Çuvaşiya (1969) da xizmat körsatgan san'at arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1938). 1945 y.dan Qozon konservatoriyasida rektor va öqituvçi, prof. (1953 y.dan). «Qoçqin» (1939), «Oltin soç» (1941), «Jalil» (1957) va b. operalari, tatar kuylari asosida yozilgan syuita (1949), «Nafisa» poemasi (1952), 4 ta simfoniya, qöşiqlari maşhur. Davlat mukofoti laureati (1948, 1950, 1970).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖИГАНОВ Нозиб Гаязович [1911.2(15).1, Уральск — 1988, Қозон] — татар композитори, педагог, жамоат арбоби, миллий композиторлик мактаби асосчиларидан. Халқ артисти (1957), Татаристон (1939)да, Россия (1940) да, Чувашия (1969) да хизмат кўрсатган санъат арбоби. Москва консерваториясини тугатган (1938). 1945 й.дан Қозон консерваториясида ректор ва ўқитувчи, проф. (1953 й.дан). «Қочқин» (1939), «Олтин соч» (1941), «Жалил» (1957) ва б. опералари, татар куйлари асосида ёзилган сюита (1949), «Нафиса» поэмаси (1952), 4 та симфония, қўшиқлари машҳур. Давлат мукофоти лауреати (1948, 1950, 1970).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.