Nukleotidlar
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 324-b. — ziyouz.com
Nukleotidlar NUKLEOTIDLAR, nukleozid-fosfatlar — nukleozidlarning fosforli efirlari. N. — nuklein kislotalar, kofermentlar va b. biologik faol birikmalarning tarkibiy qismidir. Ular tirik hujayrada erkin holda bölib, moddalar almaşinuviaa muhim rol öynaydi. N. tarkibiga uglevod (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota va azot asoslari qoldiqlari kiradi. Adenin, guanin, gipok-santin, sitozin, uratsil va timinlar tabiatda keng tarkalgan purin va pirimidin asosli tabiiy N.dir.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
НУКЛЕОТИДЛАР, нуклеозид-фосфатлар — нуклеозидларнинг фосфорли эфирлари. Н. — нуклеин кислоталар, коферментлар ва б. биологик фаол бирикмаларнинг таркибий қисмидир. Улар тирик ҳужайрада эркин ҳолда бўлиб, моддалар алмашинувиаа муҳим роль ўйнайди. Н. таркибига углевод (рибоза ёки дезоксирибоза), фосфор кислота ва азот асослари қолдиқлари киради. Аденин, гуанин, гипок-сантин, цитозин, урацил ва тиминлар табиатда кенг таркалган пурин ва пиримидин асосли табиий Н.дир.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.