Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nusxa

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 349-b. — ziyouz.com

    Nusxa — 1) tasviriy san'atda — muallifning özi yoki biror boşqa rassom tomonidan biror asarni takroran yaratilgan namunasi. N. aslidan işlaniş usuli va ölçami b-n farq qilişi mumkin; birok, aslining usuli va kompozitsiyasini aynan tak-rorlaşi şart; 2) amaliy san'atda — bir xil qilib yasaş uçun tayyorlangan buyum namunasi, naqş andazasi (axta), qolip. Xalq ustalari ijodiy xayoloti asosida yuzaga keladi, davr ta-qozosi b-n özgarib, yangilanib boradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НУСХА — 1) тасвирий санъатда — муаллифнинг ўзи ёки бирор бошқа рассом томонидан бирор асарни такроран яратилган намунаси. Н. аслидан ишланиш усули ва ўлчами б-н фарқ қилиши мумкин; бирок, аслининг усули ва композициясини айнан так-рорлаши шарт; 2) амалий санъатда — бир хил қилиб ясаш учун тайёрланган буюм намунаси, нақш андазаси (ахта), қолип. Халқ усталари ижодий хаёлоти асосида юзага келади, давр та-қозоси б-н ўзгариб, янгиланиб боради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.