Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Obloqulov Hazrat

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com

    Obloqulov Hazrat (1928, Ğijduvon tumani Todon qişloği) — usta dehqon, Özbekiston Qahramoni (2000); Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjalik xodimi (1998). Mehnat faoliyatini 2-jahon uruşi yillari Ğijduvon tumani Todon qişloğidagi jamoa xöjaligi a'zoligidan boşlagan. 1960 y.dan şu tumandagi S. Ayniy nomli jamoa (hoz. şirkat) xöjaligida paxtaçilik brigadasi boşliği, 1999 y.dan boş pudratçi. O. rahbarlik qilayotgan jamoa a'zolari paxtaçilikda yangi agrotexnologiyalarni qöllab, yuqori hosildorlikka, şartnomaviy rejalarni muntazam oşirib bajarişga erişdi. Köplab şogirdlar yetiştirgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОБЛОҚУЛОВ Ҳазрат (1928, Ғиждувон тумани Тодон қишлоғи) — уста деҳқон, Ўзбекистон Қаҳрамони (2000); Ўзбекистонда хизмат кўрсатган қишлоқ хўжалик ходими (1998). Меҳнат фаолиятини 2-жаҳон уруши йиллари Ғиждувон тумани Тодон қишлоғидаги жамоа хўжалиги аъзолигидан бошлаган. 1960 й.дан шу тумандаги С. Айний номли жамоа (ҳоз. ширкат) хўжалигида пахтачилик бригадаси бошлиғи, 1999 й.дан бош пудратчи. О. раҳбарлик қилаётган жамоа аъзолари пахтачиликда янги агротехнологияларни қўллаб, юқори ҳосилдорликка, шартномавий режаларни мунтазам ошириб бажаришга эришди. Кўплаб шогирдлар етиштирган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.