Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Obodon

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 9-b. — ziyouz.com

    Obodon — Eronning jan.-ğarbiy qismidagi şahar. Huziston ostonida, Şatt ul-Arab daryosi böyida, Fors qöltiği qirğoğidan 50 km içkarida. Aholisi 206,1 ming kişi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 mln.t neftni qayta işlab beradigan yirik z-d, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan O.ga neft quvurlari ötkazilgan. O. orqali çetga neft va neft mahsulotlari çiqariladi. Neft in-ti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОБОДОН — Эроннинг жан.-ғарбий қисмидаги шаҳар. Ҳузистон остонида, Шатт ул-Араб дарёси бўйида, Форс қўлтиғи қирғоғидан 50 км ичкарида. Аҳолиси 206,1 минг киши (1997). Океан кемалари кира оладиган порт. Йилига 30 млн.т нефтни қайта ишлаб берадиган йирик з-д, нефть-кимё корхонаси бор. Нефть конларидан О.га нефть қувурлари ўтказилган. О. орқали четга нефть ва нефть маҳсулотлари чиқарилади. Нефть ин-ти, халқаро аҳамиятга эга аэропорт бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.