Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Odamtoş

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 42-b. — ziyouz.com

    Odamtoş — Çatqol tizmasining suvayirğiç qismidagi dovon. Çirçiq va Ohangaron vodiylarini tutaştirib turadi. 2696 m balandlikda. Dovonga jan.-ğarbda Kattasoy, jan.-şarkda Yertoşsoy vodiylari böylab çiqiladi. Dovon orqali Çatqol daryosining çap irmoği Teraklisoydan (Oqbuloq daryosining yuqori qismi) Irtoş daryosiga (Ohangaron daryosining öng irmoği) ötiladi. Dovondan iyundan okt. gaça çorva mollarini haydab ötişda foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОДАМТОШ — Чатқол тизмасининг сувайирғич қисмидаги довон. Чирчиқ ва Оҳангарон водийларини туташтириб туради. 2696 м баландликда. Довонга жан.-ғарбда Каттасой, жан.-шаркда Ертошсой водийлари бўйлаб чиқилади. Довон орқали Чатқол дарёсининг чап ирмоғи Тераклисойдан (Оқбулоқ дарёсининг юқори қисми) Иртош дарёсига (Оҳангарон дарёсининг ўнг ирмоғи) ўтилади. Довондан июндан окт. гача чорва молларини ҳайдаб ўтишда фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.