Odoakr
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 48-b. — ziyouz.com
Odoakr (Odoacer) (taxm. 431 — 493.15.3) — Ğarbiy Rim imperiyasi imperatori armiyasidagi yollanma german otryadlaridan birining rahbari. Germanlarning skirlar kabilasidan. 476 y. 22 yoki 23 avg.da Ğarbiy Rim imperiyasining sönggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan ağdargan, özini Italiya hokimi deb e'lon qilgan. 493 y. O. davlati ostgotlar tomonidan zabt etilgan, O. esa öldirilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОДОАКР (Odoacer) (тахм. 431 — 493.15.3) — Ғарбий Рим империяси императори армиясидаги ёлланма герман отрядларидан бирининг раҳбари. Германларнинг скирлар кабиласидан. 476 й. 22 ёки 23 авг.да Ғарбий Рим империясининг сўнгги императори Ромул Августулни тахтдан ағдарган, ўзини Италия ҳокими деб эълон қилган. 493 й. О. давлати остготлар томонидан забт этилган, О. эса ўлдирилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.