Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Öğlonjon ota maqbarasi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 227-b. — ziyouz.com

    Öğlonjon ota maqbarasi — Qamaşi şahridagi me'moriy yodgorlik (18—19-asrlar). Maqbara törtburçak tarhli, peştoqgumbazli; pişiq ğiştdan qurilgan. Boş tarzidagi peştoğiga yassi ravoqlar, burçaklariga guldastalar işlangan. Sağana joylaşgan xonaning içki devorlari ravoqli.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЎҒЛОНЖОН ОТА МАҚБАРАСИ — Қамаши шаҳридаги меъморий ёдгорлик (18—19-асрлар). Мақбара тўртбурчак тарҳли, пештоқгумбазли; пишиқ ғиштдан қурилган. Бош тарзидаги пештоғига ясси равоқлар, бурчакларига гулдасталар ишланган. Сағана жойлашган хонанинг ички деворлари равоқли.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.