Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oksiprolin

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 100-b. — ziyouz.com

    Oksiprolin (gidroksiprolin, 4-gidroksipirolidin -2-karbon kislota) — aminokislota, rangsiz kristall modda. Mol. m. 131,13. 4 ta optik faol stereoizomerlari mavjud. L-O.ning suyuqlaniş t-rasi 274°. Suvda, etanolda oz eriydi. Biriktiruvçi töqimalardagi oqsillar — kollagen (13% gaça), şuningdek, elastin tarkibiga kiradi. L-O — almaştirib bölmaydigan aminokislota, biosintez jarayonida peptid zanjirga quşilmaydi, prolin krldiklarining fermentativ gidroksillanişida hosil buladi. O.ning organizmdagi metabolizm maqsulotlari — pirrol -2-karbon va glutamin kislotalar. Kollagen va b. oqsillarning gidrolizatorlaridan olinadi. L-O.ni ilk bor 1902 y.da nemis oli-mi E. Fişer jelatindan ajratib olgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОКСИПРОЛИН (гидроксипролин, 4-гидроксипиролидин -2-карбон кислота) — аминокислота, рангсиз кристалл модда. Мол. м. 131,13. 4 та оптик фаол стереоизомерлари мавжуд. L-О.нинг суюқланиш т-раси 274°. Сувда, этанолда оз эрийди. Бириктирувчи тўқималардаги оқсиллар — коллаген (13% гача), шунингдек, эластин таркибига киради. L-O — алмаштириб бўлмайдиган аминокислота, биосинтез жараёнида пептид занжирга қушилмайди, пролин крлдикларининг ферментатив гидроксилланишида ҳосил булади. О.нинг организмдаги метаболизм мақсулотлари — пиррол -2-карбон ва глутамин кислоталар. Коллаген ва б. оқсилларнинг гидролизаторларидан олинади. L-О.ни илк бор 1902 й.да немис оли-ми Э. Фишер желатиндан ажратиб олган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.