Olay vodiysi
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 105-b. — ziyouz.com
Olay vodiysi - Qirğizistonning Pomir-Olay toğlari orasidagi botiq. Ğarbdan şarqqa (Olay va Orqa Olay tizmalari orasida) 150 km ga yönalgan. Eni 8—25 km. Mayd. 1700 km2 ga yaqin. Balandligi ğarbida 2240 m, şarqida 3536 m (Tomurun dovoni). O.v. tagi allyuvial va prolyuvial jinslardan tuzilgan, jan.da va qisman örta qismida morenali past-baland qator tepalar mavjud. Toğ yaylovi, ğarbida — Qizilsuv daryosi böylarida suğorib dehqonçilik qilinadigan yerlar bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОЛАЙ ВОДИЙСИ - Қирғизистоннинг Помир-Олай тоғлари орасидаги ботиқ. Ғарбдан шарққа (Олай ва Орқа Олай тизмалари орасида) 150 км га йўналган. Эни 8—25 км. Майд. 1700 км2 га яқин. Баландлиги ғарбида 2240 м, шарқида 3536 м (Томурун довони). О.в. таги аллювиал ва пролювиал жинслардан тузилган, жан.да ва қисман ўрта қисмида моренали паст-баланд қатор тепалар мавжуд. Тоғ яйлови, ғарбида — Қизилсув дарёси бўйларида суғориб деҳқончилик қилинадиган ерлар бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.