Oligoklaz
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 110-b. — ziyouz.com
Oligoklaz (oligo... va yun. klasis — siniş, yoriliş) — natriy-kalsiyli dala şpatlari (plagioklazlar) gu-ruhiga mansub minerallarning nordon xili. Tarkibi 10—30% anortit va 70— 90% albitning izomorf aralaşma-sidan iborat. Triklin singoniyali. Tarkibida 5—25% anortit bölgan turi peristerit (yun. peristera — kaptar; moviy rangiga köra) deb ataladi. O.— magmatik va metamorfik mineral turlariga kiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОЛИГОКЛАЗ (олиго... ва юн. klasis — синиш, ёрилиш) — натрий-кальцийли дала шпатлари (плагиоклазлар) гу-руҳига мансуб минералларнинг нордон хили. Таркиби 10—30% анортит ва 70— 90% альбитнинг изоморф аралашма-сидан иборат. Триклин сингонияли. Таркибида 5—25% анортит бўлган тури перистерит (юн. перистера — каптар; мовий рангига кўра) деб аталади. О.— магматик ва метаморфик минерал турларига киради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.